Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Meksikalik multimilliarder Slim The New York Times’ning aksiyalarini sotib yubordi
Foto: Getty Images
Meksikalik multimilliarder Karlos Slim The New York Times gazetasining o‘ziga tegishli bo‘lgan aksiyalari qismini sotib yubordi. Bu haqda Forbes xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, Slimning oilasiga tegishli bo‘lgan Grupo Carso investitsiya guruhi tomonidan nashrning hammasi bo‘lib 521,5 mingta aksiyasi sotib yuborilgan. Kelishuv qiymati 10 million dollarga baholanmoqda.
Slim bu kelishuvga qadar New York Times’ning 17 foiziga egalik qilgandi (28 mln aksiyalar). Shu bilan birga, uning to‘plami umumiy qiymati taxminan 370 mln dollarga baholandi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning boshida Karlos Slim Meksika poytaxtida yangi aeroport qurib berishi haqida xabarlar tarqalgandi.
Mavzuga oid
09:40
NYT OAV uchun joriy etilgan cheklovlar sabab Pentagonni sudga berdi
18:41 / 17.10.2025
Tramp NYT nashriga qarshi tuhmat bo‘yicha 15 mlrd dollarlik qayta da’vo qo‘zg‘atdi
07:27 / 18.09.2025
Tramp The New York Times gazetasiga qarshi ko‘p milliard dollarlik da’vo kiritdi
22:20 / 22.02.2021