Meksikalik milliarder mamlakat poytaxtida yangi aeroport qurib beradi

Dunyoning eng badavlat insonlaridan biri – meksikalik Karlos Slimning Operadora Cicsa kompaniyasi Mexiko aeroportining yangi binosini qurish uchun o‘tkazilgan tenderda g‘alaba qozongan konsorsium tarkibiga kirdi.
Slim kompaniyasi tender yakuniga ko‘ra, Meksikaning ICA firmasi bilan birgalikda taxminan 4 milliard AQSh dollarilik shartnoma taklif etgan. Konsortsiumga meksikalik boshqa taniqli ishbilarmonlar - Olegario Vaskes, Karlos Xank Ron, Ipolito Xexard va boshqalarning korxonalari ham kiradi.
Slimning asosiy biznesi Meksika va Lotin Amerikasi mamlakatlari telekommunikatsiyalar bozori bilan bog‘liq. Ishbilarmon America Movil, Telcel va Telmex kompaniyalaridan tashqari, Meksikadagi yirik kompaniyalarni nazorat qiluvchi Grupo Carso’ga ham egalik qiladi. Forbes ma'lumotlariga ko‘ra, Slim dunyodagi eng badavlat insonlar ro‘yxatida to‘rtinchi o‘rinda qayd etilgan. U taxminan 50 milliard AQSh dollariga ega.
Mexikoda yangi aeroport qurilishi 2015 yilning oxirida boshlandi. Loyiha taniqli britaniyalik arxitektor Norman Fosterning Slimga kuyov bo‘lgan meksikalik Fernando Romero bilan hamkorligida ishlab chiqildi.
Xabarlarga ko‘ra, Mexiko yangi aeroporti qurib bitkazilgach, yiliga 120 million kishini qabul qilib olishi mumkin bo‘ladi. Yangi aeroport 12,5 ming gektar maydonda barpo etiladi. Yangi terminal ochilgach, eskisi o‘z faoliyatini to‘xtatadi hamda uning o‘rnida ilmiy-tadqiqot va texnologiya markazlari, ko‘kalamzorlashtirilgan hududlar, kasalxonalar, fazoviy universitet, shuningdek turar-joy kvartallari quriladi.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Xolokostdan omon qolgan 97 yoshli keksa ayol universitet talabasiga aylandi
Jahon | 01:16
-
Istanbuldagi muzokaralar 16 mayga ko‘chirildi. Zelenskiy Ukraina delegatsiyasi tarkibini tasdiqladi
Jahon | 00:53
-
9 mln dollarni talon-toroj qilishda ayblangan O‘zbekiston fuqarosi Rossiyada qo‘lga olindi
O‘zbekiston | 23:58 / 15.05.2025
-
Rossiya Quruqlikdagi qo‘shinlari qo‘mondoni lavozimdan olindi
Jahon | 23:46 / 15.05.2025
Mavzuga oid

10:30 / 15.05.2025
Rossiya aeroportlari 2025 yilda dronlar tufayli 217 marta yopildi

14:19 / 01.05.2025
Urganch aeroporti Koreyaning Inchon aeroporti bilan sheriklikda boshqariladi

17:32 / 29.04.2025
Sariosiyo aeroporti birinchi texnik reysni qabul qildi

22:43 / 23.04.2025