Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp The New York Times gazetasiga qarshi ko‘p milliard dollarlik da’vo kiritdi
AQSh prezidenti The New York Times gazetasini yolg‘onchilikda va «radikal so‘l Demokratik partiya uchun virtual karnay bo‘lib xizmat qilishda» aybladi.
Foto: Ken Cedeno / Reuters
AQSh prezidenti Donald Tramp The New York Times gazetasini «radikal so‘l Demokratik partiyaning virtual karnayi» bo‘lib xizmat qilganlikda ayblab, tuhmat uchun 15 milliard dollar miqdorida da’vo qo‘zg‘atayotganini e’lon qildi. Oq uy rahbari tegishli xabarni Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qildi.
«Times gazetasi o‘nlab yillar davomida sizning sevimli prezidentingiz, mening oilam, mening biznesim, "Amerika baridan ustun" harakati, MAGA va mamlakatimiz haqida yolg‘on gapirish (tarqatish) amaliyotiga ega», — dedi Tramp. U, shuningdek, gazeta tahririyatini prezidentlik saylovoldi kampaniyasi davomida demokrat nomzod Kamala Harrisni qo‘llab-quvvatlagani uchun tanqid qilib, buni «tarixdagi eng yirik noqonuniy saylov kampaniyasi hissasi» deb atadi.
«The New York Times'ga uzoq vaqtdan beri yolg‘on gapirish, tuhmat qilishga ruxsat berildi va bu endi to‘xtaydi», dedi Amerika rahbari va Florida shtatida sudga da’vo arizasi berayotganini qo‘shimcha qildi.
U avvalroq Tramp imzolagan va moliyachi Jyeffri Epshteynga 20 yildan ko‘proq vaqt oldin yuborilgan tabriknomani nashr etgani uchun sudga berish bilan tahdid qilgan edi.
Mavzuga oid
09:40
NYT OAV uchun joriy etilgan cheklovlar sabab Pentagonni sudga berdi
08:52 / 04.12.2025
Tramp: Putin kelishuv tuzishni va «normal hayotga qaytishni» istayapti
15:57 / 03.12.2025
Maduroning imkoniyatlari tugadi. Uning Tramp bilan telefon muloqoti haqida nimalar ma’lum?
21:10 / 02.12.2025