Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp AQShning Afg‘onistondagi qo‘shinlari qo‘mondonini ishdan haydashni talab qildi
AQSh prezidenti Donald Tramp Afg‘onistondagi Amerika qo‘shinlari qo‘mondoni general Jon Nikolsonni ishdan bo‘shatishni talab qildi. Bu haqda NBC telekanali manbalarga asosan xabar bermoqda.
Trampning fikricha, AQSh Afg‘onistondagi urushda mag‘lub bo‘lmoqda, shuning uchun qo‘shinlar rahbariyatida kadrlar almashinuvi yuz berishi kerak ekan.
«Biz g‘alaba qozonayotganimiz yo‘q. Biz mag‘lub bo‘lmoqdamiz», - degan Tramp.
Shuningdek, manbalarning so‘zlariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar prezidenti NATO bo‘yicha Amerika ittifoqchilaridan norozi ekanligini bildirgan.
Avvalroq Afg‘onistonda xorijiy harbiylarga hujum uyushtirilgani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
10:19 / 09.05.2026
AQSh Venesueladan boyitilgan uran zaxiralarini olib chiqdi
07:43 / 09.05.2026
Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasida uch kunlik sulhni e’lon qildi
21:36 / 08.05.2026
Pentagon NUJ haqidagi hujjatlarning birinchi qismini e’lon qildi
11:29 / 08.05.2026