Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda xalqaro "Dasht burguti - 2017" harbiy o‘quv mashg‘ulotlari tugadi
Qozog‘istonda xalqaro tinchlikparvar "Dasht burguti - 2017" harbiy-o‘quv mashg‘ulotlari tugadi. U respublikaning Olmaota viloyati Iliy o‘quv poligonida bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Qozog‘iston mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Mashg‘ulotlarda kuzatuvchi sifatida qatnashgan NATO ekspertlari Qozog‘istonning "Kazbat" tinchlikparvar bataloni faoliyatini yuqori baholagan.
Mashg‘ulotlarda NATO va AQSh, Buyuk Britaniya, Turkiya, Tojikiston va Qirg‘iziston harbiy mutaxassislari kuzatuvchi sifatida ishtirok etishgan. Uning asosiy bosqichi 22 apreldan 4 avgustgacha Iliy poligonida bo‘lib o‘tdi.
"Dasht burguti" mashg‘ulotlari 2003 yildan beri o‘tkazib kelinadi. Undan maqsad favqulodda vaziyatlarda tinchlikni saqlash, BMT va NATO amaliyotlarida ishtirok etishga tayyorgarlik ko‘rish, alyans kuchlari bilan muvofiqlashuvga erishishdir.
Mavzuga oid
10:15 / 08.06.2026
O‘zbekiston NATO sherik davlatlari kunida ishtirok etdi
22:20 / 06.06.2026
NATO Ukrainaga 70 mlrd yevrolik harbiy yordam ajratish masalasini muhokama qilmoqda – OAV
09:37 / 25.05.2026
NATO sammiti oldidan Ukraina bo‘yicha bahslar kuchaydi
08:46 / 22.05.2026