Jahon | 14:33 / 08.08.2017
2795
1 daqiqa o‘qiladi

Fransiyada 8 kishi yashin urishi tufayli jabrlandi

Fransiyaning Izer departamentidagi Ven kommunasida sakkiz kishi yashin urishidan jabrlandi. Bu haqda BFMTV telekanali xabar bermoqda.

Hodisa 7 avgust kuni kechki paytlarda ro‘y bergan.

Ta'kidlanishicha, yashin urishi natijasida 15 yoshli bolaning yuragi to‘xtab qolgan. U bilan birga yana yetti nafar shaxs shifoxonaga zudlik bilan yetkazildi.

Avvalroq Hindistonda 14 kishi yashin urishi oqibatida halok bo‘lgani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid