Hindistonning Orissa ştatida yaşinlar urişi oqibatida kamida 14 kişi halok böldi, yana olti inson jabrlandi. Bu haqda Odisha Sun Times naşri xabar bermoqda.

Ştatning şimoli-şarqiy qirğoqlariga keça kuçli pörtana yopirildi. Eng köp qurbonlar Bxadrak okrugida qayd etildi – bu yerda beş kişi hayot bilan vidolaşgan. Qöşni Balasor hamda Kendrapara okruglarida uç kişidan halok bölgan, beş inson jabrlangan. Şuningdek, Banspal, Angul va Sundargarx okruglarida ham qurbonlar bor.

Hindistonda har yili yaşin urişidan yuzlab kişilar halok böladi. Bu holatlarning aksariyati mussondan avvalgi va musson (qişda dengiz tomon, yozda dengizdan quruqlik tomon esadigan şamol) mavsumida röy beradi. Hindiston meteorologiya departamenti ma'lumotlariga köra, 2016 yilda yaşin urişi tufayli 415 kişi qurbon bölgan.