Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriya armiyasi Iordaniya bilan chegaraning bir qismini o‘ziga qaytardi
Suriyalik qo‘shinlar qurollangan muxolifatdan Iordaniya bilan davlat chegarasining bir qismini tortib oldi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Armiya bo‘linmalari va “Xezbolloh” otryadlari ishtirok etgan amaliyot natijasida As-Suvayd viloyatidagi chegaraning taxminan 30 kilometri Damashq nazoratiga qaytdi. Ular bunga qadar muxolifat otryadlari nazoratida edi. Ularning vakili Said Sayyofning so‘zlariga ko‘ra, zarba birdaniga ikki yo‘nalish bo‘yicha berilgan.
Armiya bo‘linmalari chegaraga chiqqan va muxolifat qo‘liga bir necha yil muqaddam o‘tgan blokpostlarni egallashgan. Qurollangan muxolifatning ba'zi yetakchilari ma'lum qilishicha, mag‘lubiyatga sabab – “Jaysh al-Ashayr” guruhi tomonidan qilingan xoinlikdir. Iordaniya hukumati bu guruhni qo‘llab-quvvatlaydi va unga chegarani ushlab turish bo‘yicha vazifa yuklatilgandi.
Mavzuga oid
15:30 / 20.01.2026
Suriyada kurdlar muxtoriyati tugatildi
15:22 / 19.01.2026
Germaniyada Suriya rahbari ash-Shar’aning tashrifiga qarshi aksiyalar o‘tkaziladi
10:40 / 19.01.2026
Suriya hukumati va kurdlar o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv imzoladi
07:25 / 19.01.2026