Jahon | 09:20 / 11.08.2017
3767
1 daqiqa o‘qiladi

Maduro AQSh bilan munosabatlarni tiklashga tayyorligini ma'lum qildi

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro Qo‘shma Shtatlar bilan munosabatlarni tiklashga tayyor ekani haqida ma'lum qildi. Bu haqda Venezolana de Television telekanali xabar tarqatgan.

Shuningdek, Maduro mamlakat tashqi ishlar vaziri Xorxe Arreasani BMT yig‘ilishi vaqtida Amerika rahbari Donald Tramp va Venesuela prezidenti o‘rtasida uchrashuvni tashkillashtirishga chaqirdi.

Avvalroq Venesuelada bir guruh harbiylar mamlakat prezidenti  Nikolas Maduroga qarshi isyon ko‘tarishganini e'lon qilishgani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid