Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ta'sis yig‘ilishi Maduroni Venesuela prezidenti sifatida tasdiqladi
Venesuela ta'sis yig‘ilishi Nikolas Maduroni mamlakat prezidenti sifatida tasdiqladi, deb xabar bermoqda Infobae.
Ta'kidlanishicha, yangi siyosiy institut qarorni bir ovozdan qabul qilgan. Shu bilan birga, qonun loyihasi ta'sis yig‘ilishiga qaror qabul qilinishidan bir necha soat avval kiritildi.
Maduro “Venesuela konstitutsiyaviy prezidenti, davlat rahbari va hukumati, milliy bolivarian qurolli kuchlar bosh qo‘mondoni” sifatida tasdiqlandi.
Hujjatda ta'kidlanishicha, davlat rahbari Venesuelada “ayni damda ro‘y berayotgan demokratik jarayon garovi” hisoblanadi.
Ko‘rsatilishicha, Maduro 10 avgust kuni ta'sis yig‘ilishi sessiyasida ilk bora ishtirok etdi.
Ta'sis yig‘ilishi unga mamlakatdagi davlat hokimiyatining barcha organlarini nazorat qilishga imkon beruvchi farmonni qabul qildi. Venesuela muxolifat parlamenti farmonga qarshi chiqqan.
Mavzuga oid
08:28 / 02.07.2026
Venesuelada yetti kunlik motam e’lon qilindi
15:38 / 01.07.2026
Venesueladagi zilziladan olti kun o‘tib, 3 yoshli bola vayronalar ostidan tirik qutqarildi
08:55 / 30.06.2026
Venesuelada zilzila qurbonlari soni 1700 nafardan oshdi
09:37 / 29.06.2026