Turkiya mehmonxonalaridagi 500dan ziyod rossiyalik sog‘lig‘i yomonlashganidan shikoyat qildi
"Rospotrebnadzor"ga Turkiyaning kurort shaharlarida dam olayotgan rossiyaliklarning sog‘lig‘i yomonlashgani haqidagi 500dan ortiq shikoyat kelib tushgan. Kasallanganlarning aksariyati - 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar, deyiladi idora saytida.
Bundan avval OAVda Turkiyada Koksaki virusi (enterovirusli infeksiyalarga kiradi) bilan kasallangan sayyohlar soni ortib borayotgani, o‘nlab sayyohlar o‘z safarini muddatidan ilgari to‘xtatishiga to‘g‘ri kelayotgani to‘g‘risidagi xabarlar tarqalgandi. Shu munosabat bilan "Rospotrebnadzor" "qaynoq liniyalar"ni ishga tushirgan edi.
Turkiya sog‘liqni saqlash vazirligi OAVning mamlakatda Koksaki virusi epidemiyasiga doir xabarlarini rad etgan.
"Qaynoq liniyalar" orqali "Rospotrebnadzor"ning rasmiy manziliga Turkiyaning kurort shaharlarida salomatligi yomonlashganidan shikoyat qilgan 500dan ziyod kishi murojaat qilgan. Side, Alaniya, Belek, Kemer va boshqa shaharlarda joylashgan mehmonxonalarda kasallik holatlari aniqlangan. Kasallikka chalinganlarning aksariyati - 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar", - deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
23:12 / 19.10.2024
Grippga chalingan odam uni qancha vaqt davomida boshqalarga yuqtiradi? Mutaxassislar javob berdi
18:00 / 12.10.2024
Yerda 70 mingdan ziyod noma’lum viruslar aniqlandi
22:13 / 03.10.2024
Ruandada Marburg virusi oqibatida 11 kishi vafot etdi
16:32 / 27.09.2024