O‘zbekiston | 12:06 / 15.08.2017
9115
1 daqiqa o‘qiladi

Aripov ertaga Qirg‘izistonga boradi

2017 yilning 16 avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov boshchiligidagi delegatsiya amaliy tashrif bilan Qirg‘iziston Respublikasida bo‘ladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston delegatsiyasi Bishkek shahrida bo‘lib o‘tadigan Ikki tomonlama hamkorlik bo‘yicha hamda Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha O‘zbekiston-Qirg‘iziston hukumatlararo komissiyalari majlislarida ishtirok etadi.

Qirg‘iziston tomonidan Hukumatlararo komissiyalarning hamraisi Qirg‘iziston Respublikasi Bosh vaziri So‘ronbay Jyenbekov bo‘ladi.

Muzokaralar davomida O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishning dolzarb masalalarini muhokama qilish kutilmoqda.

Avvalroq O‘zbekiston bosh vaziri Qirg‘izistonga borishi haqida xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid