Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov Qirğizistonga amaliy taşrif bilan boradi. Bu haqda Qirğiziston Respublikasi hukumati matbuot xizmati xabar bergan.

Aripov Çölpon-Otada 15-17 avgust kunlari bölib ötadigan hukumatlararo komissiyalarning navbatdagi yiğilişlarida qatnaşiş uçun uşbu davlatga taşrif buyuradi.

Ta'kidlanişiça, Qirğiziston boş vaziri Söronboy Jyenbekov özbek hamkasbi bilan telefon orqali muloqot ötkazgan. Vazirlar Mahkamalari rahbarlari ikki tomonlama hamkorlik böyiça hukumatlararo komissiya va özbek-qirğiz davlat çegarasini delimitatsiya hamda demarkatsiya qiliş böyiça hukumatlararo komissiyalarning navbatdagi yiğilişlariga tayyorgarlik jarayonini muhokama etişgan.

"Siz va Özbekiston delegatsiyasini Qirğizistonda körişdan xursand bölamiz", - deya ta'kidlab ötgan Jyenbekov.

Aripov Qirğizistonda joriy yilning oktabrida Özbekiston madaniyati kunlarini ötkazişga tayyorlikni tasdiqladi. Şuningdek, u Qirğiziston tomoniga 3 avgust kuni Issiqköl viloyati hududida avtofalokatga uçragan özbekistonlik fuqarolarga öz vaqtida yordam körsatilgani uçun minnatdorlik bildirdi.

Öz navbatida, Jyenbekov esa Özbekistonga Öşda 630 örinli umumta'lim maktabini quriş haqidagi qaror uçun minnatdorlik izhor qildi.