Jahon | 10:53 / 16.08.2017
8096
1 daqiqa o‘qiladi
Karakasdagi metro bekatida portlash yuz berdi
Venesuela poytaxti Karakas shahri metrosining bekatlaridan birida portlash sodir bo‘ldi, natijada yo‘lovchilarning evakuatsiyasi amalga oshirildi. Bu haqda El Nacional nashri mahalliy aholining ijtimoiy tarmoqlardagi yozuvlariga asosan xabar berdi.
Ta'kidlanishicha, portlash shahar markazida joylashgan “Venesula maydoni” bekatida ro‘y bergan.
Shu bilan birga, metropoliten rahbariyatining ma'lum qilishicha, yo‘lovchilarning evakuatsiyasiga “tirkamasiz poyezd” sabab bo‘lgan, u poyezdlar harakatidagi uzilishlarga olib kelgan.
Ayni damda jabrlanganlar haqida ma'lumot yo‘q.
Mavzuga oid
12:00 / 12.10.2024
Sergelidagi portlash: 4 nafar ayblanuvchining har biri 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
18:11 / 07.10.2024
Qashqadaryoda gaz-zapravkada portlash sodir bo‘ldi
10:06 / 12.09.2024
Samarqandda gaz portlagan «dom» aholisi evakuatsiya qilinmoqda
20:52 / 30.08.2024