Jahon | 00:11 / 19.08.2017
11697
2 daqiqa o‘qiladi

Dunyodagi eng keksa qochqin ayolga Shvetsiyada boshpana berish rad etildi

Foto: AAP

Shvetsiya hukumati afg‘onistonlik Bibigul O‘zbekiy ismli 106 yoshli qochqin ayolga boshpana berishni rad etdi. Ayol bu yerga qarindoshlari bilan birlashish uchun butun Yevropani bosib kelgandi. Endi birorta davlat keksa ayolni qabul qilishga rozi bo‘lmasa, u vataniga qaytishiga to‘g‘ri keladi.

Ayol 2015 yilda uni jurnalistlar Xorvatiyadagi muhojirlar lagerida payqashgandan keyin tanilib ketgan. U bu yerga oila a'zolari, jumladan 67 yoshli o‘g‘li va 19 yoshli nabirasi bilan Eron, Turkiya va Gretsiya orqali kelgan. Ular tog‘lar orqali o‘tayotganlarida ayolning yaqinlari uni navbat bilan yelkalarida olib yurishgan. 

So‘ngra ayol uning qarindoshlari yashagan Shvetsiyaga boshpana olish maqsadida yo‘l olgan. Biroq ushbu mamlakat hukumati uning oilasiga rad javobini bergan. Shundan keyn ayol Shvetsiya oliy migratsiya sudiga shikoyat qilgan.

Stokgolmning fikricha, Afg‘onistondagi harbiy harakatlar bugungi kunda uning barcha fuqarolariga boshpana beradigan darajada og‘ir emas.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid