Jahon | 10:55 / 24.08.2017
9005
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Tramp ma'muriyati 4 davlatga viza cheklovlari bilan tahdid qilmoqda

Foto: AP

AQSh prezidenti Donald Trampning ma'muriyati Qo‘shma Shtatlar ichki xavfsizlik vazirligi bilan mamlakatdan fuqarolarni deportatsiya va qabul qilishda hamkorlikdan bosh tortayotgan to‘rt davlat fuqarolariga nisbatan viza cheklovlarini joriy etish bilan tahdid qildi. Bu haqda Fox News telekanali xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, Davlat departamentiga tegishli hujjat yuborilgan.

«Biz shunday bildirishnoma olishimiz bilan, Davlat departamenti viza rejimini tezroq to‘xtatish ustida ish boshlaydi, hamda bu davlat kotibi maqbul deb hisoblagan shaklda amalga oshiriladi», - deya mahkama so‘zlaridan iqtibos keltiradi telekanal.

Shu bilan birga, gap qaysi davlatlar haqida borayotganiga aniqlik kiritilmagan.

«Biz bu mamlakatlar o‘z fuqarolarini qayta qabul qilishini istaymiz», - deya qo‘shimcha qilib o‘tilgan Davlat departamentidan.

Avvalroq AQSh elchixonasi rossiyaliklarga viza berishni to‘xtatishi xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid