2017 yilning 23 avgustidan boşlab Rossiyaning butun hududi böylab rossiyaliklarga noimmigratsion vizalar beriş töxtatiladi. Bu haqida AQŞ elçixonasi xabariga asoslanib, RBK ma'lum qildi. 

1 sentabrdan viza beriş qayta tiklanadi, biroq faqat Rossiya poytaxtidagi elçixonada. Qolgan şaharlardagi konsulliklarda viza beriş noma'lum muddatga töxtatib turiladi. 

Amerika elçixonasi xabarida ta'kidlanişiça, viza berişning töxtatilişi "Rossiya Federatsiyasining AQŞ diplomatik missiyasi xodimlari sonini çeklaşga doir qabul qilgan çoralari bilan boğliq".  

"Rossiya tomonining mamlakatda AQŞ diplomatik missiyasi xodimlari sonini qisqartirişga doir qarori RFning ikki tomonlama aloqalarni yaxşilaşga bölgan harakatlari jiddiyligiga şubha uyğotmoqda. Biz dipmissiya xodimlari sonini diplomatik missiyaning asosiy funksiyalarni bajariş uçun zarur bölgan darajada saqlab qolamiz", - deyiladi AQŞ elçixonasida.