Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Davlat departamenti: Kubada 16 diplomat “akustik hujum”dan jabr ko‘rdi
AQSh Davlat departamentining rasmiy vakili Hizer Nauertning ma'lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlarning Kubadagi elchixonasida ishlovchi kamida 16 nafar xodim “akustik qurol”dan jabrlangan. Brifing videosi idora saytida e'lon qilindi.
“Biz bunday hujumga uchragan amerikaliklar haqida to‘liq ma'lumotni endi olmoqdamiz. Shuni tasdiqlashimiz mumkinki, elchixonamizning kamida 16 xodimida u yoki bu alomatlar aniqlangan. Ularga AQSh va Kubada tibbiy yordam ko‘rsatildi. Biz bu vaziyatga juda jiddiy e'tibor qaratganmiz”, - dedi u.
Shu bilan birga, Davlat departamentidagilar hodisa uchun kim mas'ul ekaniga oydinlik kiritmagan.
Avvalroq CNN telekompaniyasi amerikaning 10 dan ortiq diplomati Kubada “akustik hujum”ga uchragani haqida xabar bergandi.