Jahon | 12:55 / 25.08.2017
16759
1 daqiqa o‘qiladi

Rossiyaning Krasnodar o‘lkasida yuz bergan YTHda 14 kishi halok bo‘ldi

Foto: Rossiya FVV

Rossiyaning Krasnodar o‘lkasida yo‘lovchi avtobusi bilan bog‘liq yo‘l-transport halokati ro‘y berdi. Avtobusning suvga cho‘kib ketishi oqibatida 14 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda RIA Novosti mintaqa favqulodda xizmatlaridagi manbasiga tayangan holda xabar qilmoqda.  

"Avtobusning Volna qo‘rg‘oni hududidagi suvga tushib ketishi oqibatida, dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, 14 kishi qurbon bo‘ldi", — degan agentlik suhbatdoshi. 

Yigirma kishi qutqarilgan, yana 3 kishining taqdiri noma'lum. Manbaning aytishicha, avtobus 4 metr balandlikdan qulab tushgan. YTHga yo‘l qoidasini buzish sabab bo‘lgani aytilmoqda. 

Ayni vaqtda hodisa sabablari o‘rganilmoqda. Rossiya FVV ushbu hodisani tasdiqladi. Qrim qutqaruvchilari g‘avvoslar va maxsus texnikadan iborat guruhni shakllantirayotgani aytilmoqda. 

Foto: ren.tv

Mavzuga oid