Rossiyaning Krasnodar ölkasida yölovçi avtobusi bilan boğliq yöl-transport halokati röy berdi. Avtobusning suvga çökib ketişi oqibatida 14 kişi hayotdan köz yumdi. Bu haqda RIA Novosti mintaqa favqulodda xizmatlaridagi manbasiga tayangan holda xabar qilmoqda.  

"Avtobusning Volna qörğoni hududidagi suvga tuşib ketişi oqibatida, dastlabki ma'lumotlarga köra, 14 kişi qurbon böldi", — degan agentlik suhbatdoşi. 

Yigirma kişi qutqarilgan, yana 3 kişining taqdiri noma'lum. Manbaning aytişiça, avtobus 4 metr balandlikdan qulab tuşgan. YTHga yöl qoidasini buziş sabab bölgani aytilmoqda. 

Ayni vaqtda hodisa sabablari örganilmoqda. Rossiya FVV uşbu hodisani tasdiqladi. Qrim qutqaruvçilari ğavvoslar va maxsus texnikadan iborat guruhni şakllantirayotgani aytilmoqda. 

Foto: ren.tv