Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AIBA kongressi 12 noyabrda rahbariyatni almashtirish masalasini muhokama qiladi
Xalqaro Boks assotsiatsiyasi kongressi tashkilotning hozirgi rahbariyati va prezidenti Ching-Kuo Vuning ehtimoliy iste'fosini navbatdagi yig‘ilishida muhokama qiladi. U 12 noyabrda Dubayda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda AIBA matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Ta'kidlanishicha, AIBA kongressining ushbu tashabbusi tashkilotning moliyaviy muammolari bilan bog‘liq. Xususan, AIBA vitse-prezidenti Franko Falchinelli Vuni shaffof emaslikda aybladi.
Shuningdek, 23 sentabrda tashkilot ijroiya qo‘mitasining navbatdan tashqari kengashi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan, unda AIBA moliyaviy muammolari muhokama qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, 25 iyulda AIBA ijroiya qo‘mitasi assotsiatsiya prezidentiga ishonchsizlik bildirgan edi.
Ma'lumki, shu kunlarda Germaniyaning Hamburg shahrida boks bo‘yicha AIBA World Championship-2017 turniri bo‘lib o‘tmoqda.
Mavzuga oid
22:03 / 26.06.2026
Bokschi Usik uchta chempionlik kamaridan voz kechdi
07:17 / 24.05.2026
Shahram G‘iyosov professional boksda ilk bor mag‘lubiyatga uchradi
20:43 / 27.04.2026
Sobiq jahon chempionlari Fyuri va Joshua jang haqida kelishib oldi
00:24 / 02.03.2026