Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: AQSh talabalar almashinuvi dasturlari bo‘yicha viza berishni cheklashi mumkin
Foto: TASS
AQSh prezidenti Donald Trampning ma'muriyati tilni o‘rganish maqsadidagi talabalar almashinuvi dasturlari bo‘yicha viza berishni cheklash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal manbalarga asosan xabar berdi.
Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, Tramp bunday almashinuv yosh amerikaliklar uchun mehnat bozorida raqobat keltirib chiqarmoqda, degan fikrda. Ta'kidlanishicha, shunday tashabbus Trampning ishsizlik bilan kurash hamda amerikalik fuqarolar uchun ish o‘rinlarini yaratish to‘g‘risidagi saylovoldi va'dalari ichiga kiradi.
Nashrning aniqlik kiritishicha, tashabbus besh turdagi vizalarni qamrab olishi mumkin. Ular orasida J-1 shakli (ta'lim dasturlari va madaniy almashinuv) ham bor. O‘zgarishlar vizalarni butunlay bekor qilish yoki ularning egalariga talablarni kuchaytirishni nazarda tutishi mumkin ekani aytilmoqda.
Avvalroq Tramp ma'muriyati 4 davlatga viza cheklovlari bilan tahdid qilayotgani haqida xabar berilgandi.
Mavzuga oid
18:26
Trampning o‘g‘illari Qozog‘iston volframiga sarmoya kiritdi
16:56
Urush odatga aylandi. Dunyo otalar uyiga tobutda qaytayotganiga o‘rganib qoldi
23:01 / 30.04.2026
Mujtaba Xominaiy: amerikaliklarning joyi Fors ko‘rfazining tubida
22:11 / 30.04.2026