Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev keyingi haftada Qirg‘izistonga borishi kutilmoqda
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev sentabr oyi boshida Qirg‘izistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Qirg‘izistondagi mahalliy nashrlar mamlakat prezidenti Almazbek Atambayevga asoslanib xabar berishmoqda.
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev O‘sh viloyatida xalq vakillari bilan uchrashuvda keyingi haftada O‘zbekiston prezidenti tashrifi kutilayotgani haqida ma'lum qilgan.
«Yaqinda mamlakatimizga O‘zbekiston bosh vaziri kelgandi. Bu O‘zbekiston bosh vaziri 26 yil ichida ilk bor mamlakatimizga kelishi bo‘lgandi», - deya eslab o‘tgan Atamboyev.
Qirg‘iziston prezidenti chegaralarni delimitatsiya va demarkatsiya qilish bo‘yicha ishlar davom ettirilayotganini qo‘shimcha qilgan
«O‘zbekiston va Tojikiston bilan chegaradagi uchastkalarning 84 foizida bu boradagi ishlar yakunlanib, masalalar hal etildi», - degan u.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Bishkekda bo‘lib o‘tgan ikki davlat bosh vazirlari uchrashuvida Sooronbay Jeenbekov Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev sentabr oyida O‘zbekistonga tashrif buyurishni rejalashtirgani haqida ma'lum qilgandi.
Keyinroq Shavkat Mirziyoyev ham Qirg‘izistonga tashrif buyurishi haqida xabar berildi.
Mavzuga oid
09:20
Saratonga qarshi kurashning yangi bosqichi: milliy dastur joriy etiladi
20:09 / 11.06.2026
Jinoyat kodeksiga aholi salomatligi va genofondiga qarshi jinoyatlar bobi kiritiladi
20:05 / 11.06.2026
Bolaga avtomobilni boshqarishga ruxsat berganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi
18:36 / 11.06.2026