Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Litvaga 7 ta F-15C Eagle qiruvchisini yubordi
Foto:kam.lt
Amerikaning F-15C Eagle qiruvchilaridan yettitasi Litvaning Shyaulyayedagi aviabazasiga qo‘ndi. Bu haqda Litva Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar bergan.
«Litva harbiy-havo kuchlarining Shyaulyayedagi aviabazasiga Amerikaning yettita F-15C Eagle qiruvchisi qo‘ndi, ular NATO havo politsiyasining Boltiq mamlakatlaridagi missiyasida ishtirok etadi», - deyiladi xabarda.
Ta'kidlanishicha, havo politsiyasining missiyasida hammasi bo‘lib 140 amerikalik harbiy xizmatchi qatnashadi.
Avvalroq Litvada NATOga a'zo davlatlarning 5 ming nafardan ortiq harbiysi ishtirokida «Temir bo‘ri-2017» harbiy-o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tgandi.
Mavzuga oid
21:52 / 19.01.2026
O‘zbekiston AQShda uchta yangi konsullik ochadi - elchi
21:49 / 19.01.2026
Eron prezidenti Oliy rahbarga suiqasd urush e’lon qilishga barobarligini aytdi
18:46 / 19.01.2026
Tramp Nobel mukofotini olmagach, endi tinchlik haqida qayg‘urishga majbur emasligini aytdi
18:39 / 19.01.2026