O‘zbekiston | 13:19 / 30.08.2017
12403
1 daqiqa o‘qiladi

Mirziyoyev Trampga hamdardlik maktubi yo‘lladi

Foto: Reuters

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidenti Donald Trampga maktub yo‘lladi. 

Mazkur maktubda “talofatli "Harvi" dovuli oqibatida Texas shtatida ko‘plab insonlarning halok bo‘lishi va jarohatlanishi haqidagi xabar bizni qattiq qayg‘uga soldi” deyilgan.

Davlat rahbari nobud bo‘lganlarning oila a'zolari va yaqinlariga samimiy hamdardlik va dalda so‘zlarini yetkazishni so‘radi, shuningdek, jarohat olganlarga tez fursatlarda sog‘ayishni tiladi.

Avvalroq AQShdagi "Harvi" to‘foni qurbonlari soni 30 kishiga yetgani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid