Jamiyat | 07:42 / 30.08.2017
27709
1 daqiqa o‘qiladi

“Murda” ko‘rinishida suratga tushuvchi sayyoh ijtimoiy tarmoqlar yulduziga aylandi

Amerikalik rassom Stefani Ley Rouz sayohatlari davomida oladigan suratlari sababli instagram yulduziga aylandi. Uning fotosuratlari sayyohlar dunyoning diqqatga sazovor joylari oldida o‘zlarini suratga oladigan selfilarga aslo o‘xshamaydi. 

Gap shundaki, Stefani sayyohlar orasida ommalashgan joylarda yuz tuban holda murda qiyofasida suratga tushadi. Jumladan, u bunday antiqa holatda Parijdagi Eyfel minorasi va Luvr muzeyi, Rimdagi Kolizey, Londondagi Bukingem saroyi oldida va boshqa ko‘plab mashhur joylarda suratga tushgan. 

Foto: stefdies.com
Foto: stefdies.com
Foto: stefdies.com
Foto: stefdies.com
Foto: stefdies.com
Foto: stefdies.com
Foto: stefdies.com
Foto: stefdies.com
Foto: stefdies.com
Foto: stefdies.com
Foto: stefdies.com
Foto: stefdies.com
Foto: stefdies.com

Mavzuga oid