Luvrning yangi direktori etib san’at tarixi böyiça mutaxassis Kristof Leribo tayinlandi. U şov-şuvli muzey öğriligidan keyin iste’fo bergan Lorans de Karning örnini egallaydi. Bu haqda Fransiya hukumati rasmiy vakili Mod Brejon çorşanba, 25 fevral kuni ma’lum qildi.
Bloomberg yozişiça, 62 yoşli Leribo mazkur tayinlovgaça Versal saroyiga rahbarlik qilgan, undan oldin esa Parijdagi Orse muzeyini boşqargan. Fransiya Madaniyat vazirligi uning asosiy ustuvor yönalişlari muzey xavfsizligini mustahkamlaş va uni modernizatsiya qiliş bölişini bildirdi. Prezident Emmanuel Makron avvalroq Luvrda 800 mln yevro qiymatida yangilaş (renovatsiya) rejasini e’lon qilgan edi.
Parijdagi Luvr direktori Lorans de Kar butun dunyoga maşhur muzeydagi katta öğirlikdan tört oy ötib iste’fo berdi. Yelisey saroyi seşanba, 24 fevral kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron uning iste’fosini qabul qilganini xabar qildi.
Bayonotda: “Dunyoning eng yirik muzeyiga hozir tinçlik va xavfsizlik hamda modernizatsiya sohasidagi muhim loyihalarni amalga oşiriş uçun yangi kuçli turtkilar kerak”, — deyilgan.
Direktor iste’fosi 19 oktyabr kuni sodir etilgan “asr öğriligi” böyiça parlament tergov komissiyasi hisoboti taqdim etilganidan keyin bir hafta ham ötmay röy berdi. Hisobotda Luvr rahbariyati Fransiya qirollik regaliyalari öğirlanişida qisman mas’ul, deb topilgan. Komissiya rahbari Aleksandr Porte, de Karni nazarda tutgan holda, şunday dedi: “Boşqa mamlakatlar va muassasalarda bunday kamçiliklar röyxati allaqaçon iste’folarga olib kelgan bölar edi”.
Turli tomonlardan tanqidga uçragan muzey direktori öğrilikdan keyingi kunning özidayoq iste’fo berişni taklif qilgan, ammo öşanda Fransiya madaniyat vaziri Raşida Dati uning taklifini rad etgan edi. Endi esa iste’foni Makron qabul qildi.
Oktyabrda tört nafar erkak Luvrdan Fransiya qirollik regaliyalarining bir qismini öğirlab ketgan, ularning nominal qiymati 88 mln yevro deb baholangan — eksponatlarning tiklab bölmas tarixiy qiymati esa bundan ham yuqori. Öğirlangan buyumlar hozirgaça topilmagan.
Voqeadan keyin muzey bir neça bor salbiy sarlavhalarga tuşgan — xususan, bir neça marta suv bosiş holatlari, iş taşlaşlar, hamda 10 mln yevroga teng çiptalar böyiça yirik firibgarlik gumonlari sabab.

















