Amerikalik rassom Stefani Ley Rouz sayohatlari davomida oladigan suratlari sababli instagram yulduziga aylandi. Uning fotosuratlari sayyohlar dunyoning diqqatga sazovor joylari oldida özlarini suratga oladigan selfilarga aslo öxşamaydi.
Gap şundaki, Stefani sayyohlar orasida ommalaşgan joylarda yuz tuban holda murda qiyofasida suratga tuşadi. Jumladan, u bunday antiqa holatda Parijdagi Eyfel minorasi va Luvr muzeyi, Rimdagi Kolizey, Londondagi Bukingem saroyi oldida va boşqa köplab maşhur joylarda suratga tuşgan.




















