Iqtisodiyot | 16:10 / 30.08.2017
5219
2 daqiqa o‘qiladi

Volkswagen 300 mingga yaqin Passat'ni ortga qaytarmoqda

Foto: Twitter/@Volkswagen

Volkswagen konserni navbatdagi qaytaruv kampaniyasining boshlanishi haqida e'lon qildi - bu safar gap "dizelgeytlar" haqida emas. 280 915 ta Passat va Passat CC sedanida YTHga olib kelishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy  texnik nosozliklar aniqlandi. "Avtovesti" shu haqida xabar berdi

Manbaga ko‘ra, gap energiya ta'minotida muammo keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan yoqilg‘i nasosi, aniqrog‘i boshqaruv moduli faoliyatidagi ehtimoliy nosozliklar bilan bog‘liq. Natijada yo nasos kutilmaganda ishdan chiqishi mumkin, yoki akkumulyatorni "o‘tkazib", to‘xtovsiz ishlashi mumkin. 

Shimoliy Amerikada e'lon qilingan chaqiruv kampaniyasida 2006 yildan 2010 yilga qadar ishlab chiqarilgan Passat'lar hamda 2009-2016 yillarda ishlab chiqarilgan Passat CC avtomobillari ishtirok etadi. 

Volkswagen kompaniya yuqorida qayd etilgan sabablar bo‘yicha YTHlar va jabrlanganlar haqida ma'lumotga ega emasligini alohida ta'kidladi. 

Mashinalarni qaytarish kampaniyasiga 13 oktabrda start beriladi. 

Mavzuga oid