Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chilonzorda 4 yigit bezorilik qildi
2017 yilning 1 sentabr kuni taxminan soat 23:00da, noma'lum shaxslar, Chilonzor tumani, Cho‘ponota ko‘chasida joylashgan 11-uyning yonida bo‘la turib, jamiyatda yurish-turish qoidalarini kasddan mensimasdan, bezorilik oqibatida fuqaro Q.K.M.ni urib, unga tan jarohati yetkazishgan. Buning natijasida Q.K.M. Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markaziga olib borilgan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Chilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan JKning 277-moddasi 2-qismi “b” bandi (bezorilik, ya'ni bir guruh shaxslar tomonidan, jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik, urish-do‘pposlash) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida, mazkur jinoyatni X.K.F., A.I.B., A.D.I. va A.K.A. sodir etilganligi aniqlangan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
16:18 / 04.03.2026
Yo‘l o‘rtasidagi janjal voqeasi: ota va o‘g‘ilga hukm o‘qildi
19:33 / 24.02.2026
Sho‘rchidagi voqea: apellyatsiya sudi qotillikni bezorilikka o‘zgartirdi
19:53 / 23.02.2026
Jizzax viloyatida ikkita Cobalt Hyundai’ni to‘xtatdi. Haydovchi va yo‘lovchilar kaltaklangan
22:21 / 30.01.2026