2017 yilning 1 sentabr kuni taxminan soat 23:00da, noma'lum şaxslar, Çilonzor tumani, Çöponota köçasida joylaşgan 11-uyning yonida böla turib, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini kasddan mensimasdan, bezorilik oqibatida fuqaro Q.K.M.ni urib, unga tan jarohati yetkazişgan. Buning natijasida Q.K.M. Respublika şoşilinç tibbiy yordam ilmiy markaziga olib borilgan. Bu haqda poytaxt IIBB xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan Çilonzor tumani IIB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan JKning 277-moddasi 2-qismi “b” bandi (bezorilik, ya'ni bir guruh şaxslar tomonidan, jamiyatda yuriş-turiş qoidalarini qasddan mensimaslik, uriş-döpposlaş) alomatlari bilan jinoyat işi qözğatilgan.
Içki işlar idoralari xodimlari tomonidan ötkazilgan tergov-tezkor tadbirlar natijasida, mazkur jinoyatni X.K.F., A.I.B., A.D.I. va A.K.A. sodir etilganligi aniqlangan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.











