O‘zbekiston | 13:29 / 06.09.2017
43050
2 daqiqa o‘qiladi

Mirziyoyev: Ayrimlar «parchalab, hukmronlik qil» qoidasidan kelib chiqishadi

Foto: President.kg

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bosh vazir bo‘lgan 14 yil mobaynida Qirg‘iziston bosh vazirlari bilan atigi 4 marta gaplashgan. U bu haqda QR bosh vaziri Sapar Isoqov bilan uchrashuvida ma'lum qildi, deb xabar qilmoqda 24.kg agentligi.

Uchrashuv avvalida Qirg‘iziston bosh vaziri davlat rahbari allaqachon prezidentlar tomonidan erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish vazifasini bergani haqida ma'lum qildi. Sapar Isoqov o‘zbekistonlik hamkasbi Abdulla Aripov bilan yanada tez va samarali ishlashga va'da berdi. 

Shavkat Mirziyoyevning qayd etishicha, u Sapar Isoqov lavozimi qanchalik qiyin ekanini tushunadi. Chunki, uning o‘zi 14 yil mobaynida O‘zbekiston hukumatini boshqargan. 

«Bu og‘ir yuk. Bu hal qiluvchi lavozim. Prezidentlar siyosiy qarorlar qabul qilishadi, bosh vazirlar esa uni bajarishadi. Bundan taqdirlar hal bo‘ladi. Biz hozir munosabatlarimizni yaxshilayapmiz. Balki, ko‘pchilik buni xohlamagandir. Balki, kimnidir bu jarayonning cho‘zilishi qanoatlantirmoqda. Ular «parchalab, hukmronlik qil» qoidasidan kelib chiqishadi. Ammo biz boshqa narsani xohlaymiz. O‘zbekistonning Qirg‘iziston bilan chegarasi o‘ziga xos. Odamlar noto‘g‘ri qarorlardan charchadi. Ular do‘st bo‘lishni, bir-birinikiga to‘ylarga borishni xohlayapti», — deb qayd etgan Shavkat Mirziyoyev.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid