Tramp BAA shahzodasi bilan Qatar bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi
AQSh prezidenti Donald Tramp BAA valiahd shahzodasi Muhammad bin Zayd Al Nahayon bilan telefon muloqoti o‘tkazdi, deb xabar bermoqda Oq uy matbuot xizmati.
«Prezident AQShning mintaqadagi sheriklari o‘rtasida birdamlik muhim ekani va barcha davlatlar terrorchilik guruhlarining moliyalashtirilishi hamda ekstremizm mafkurasining tarqalishini oldini olish uchun ko‘proq narsa qilishi lozimligini ta'kidlab o‘tdi», - deyiladi xabarda.
9 sentabr kuni Donald Tramp Saudiya Arabistoni podshohi Salmon bin Abdulaziz, BAA valiahd shahzodasi Muhammad Al-Nahayon va Qatar amiri shayx Tamim bin Hamad al-Taniy bilan telefon orqali muzokaralarda o‘z suhbatdoshlarini Qatar atrofidagi inqirozga yechim topishga chaqirgandi.
Mavzuga oid
13:40
BAA Samarqandda jamoat transportini rivojlantirish loyihalariga taklif etildi
10:00
BAA Toshkent - Andijon pulli yo‘lini qurish loyihasida ishtirok etishi mumkin
09:10 / 03.10.2024
O‘zbekistonliklar Qatarga ishga yuboriladi
09:12 / 28.09.2024