AQŞ prezidenti Donald Tramp Saudiya Arabistoni podşohi Salmon bin Abdulaziz, BAA valiahd şahzodasi Muhammad Al-Nahayon va Qatar amiri şayx Tamim bin Hamad al-Taniy bilan telefon orqali muzokaralarda öz suhbatdoşlarini Qatar atrofidagi inqirozga yeçim topişga çaqirdi.
Oq uy bayonotida aytilişiça, AQŞ prezidenti Qöşma Ştatlarning arab ittifoqçilari örtasidagi birdamlik mintaqada barqarorlikni örnatiş va Eron tahdidi bilan kuraşda muhim ahamiyat kasb etişini ta'kidlab ötgan.
«Prezident Ar-Riyoddagi sammit iştirokçi mamlakatlarini unda qabul qilingan qarorlarga rioya etişga çaqirdi», - deyiladi bayonotda.
Avvalroq Tramp arab davlatlariga Eron böyiça çaqiriq bilan çiqqani xabar berilgandi.












