Jahon | 08:55 / 14.09.2017
13393
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Hillari Klintonni yana tanqid qildi

Foto: AP

AQSh prezidenti Donald Tramp davlat rahbarligi uchun saylovlardagi sobiq raqibi Hillari Klintonni yana tanqid qildi. U bu haqda tvitterda yozgan.

Klinton so‘nggi bir necha kun davomida «Nima yuz berdi» nomli kitobi chop etilgani tufayli faol ravishda intervyu bermoqda. Kitob saylov kampaniyasiga bag‘ishlangan.

«Hillari Klinton saylovlardagi mag‘lubiyati uchun o‘zidan tashqari hammani ayblamoqda. U debatlarda mag‘lub bo‘ldi va boshqaruvni yo‘qotdi», - deya yozdi Tramp.

Avvalroq Klinton saylovlarda o‘ziga ovoz bermaganlarni kechirishdan bosh tortgani xabar qilingandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid