Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Klinton saylovlarda o‘ziga ovoz bermaganlarni kechirishdan bosh tortdi
Foto: Reuters
AQSh sobiq davlat kotibi va prezidentlikka sobiq nomzod Hillari Klintonning ma'lum qilishicha, saylovlarda o‘zi uchun ovoz bermagan hamda keyin bundan afsus chekkanlarni kechirmaydi. U bu haqda CNN telekanaliga aytib o‘tdi.
Klinton o‘zining «Nima yuz berdi» nomli yangi kitobida Donald Trampning g‘alabasidan so‘ng, 20dan ortiq ayollar uning yoniga kelgani va unga ovoz berishmaganidan afsusda ekanliklarini bildirishgan.
Sobiq davlat kotibining telekanalga aytishicha, afsusda bo‘lganlarni kechirmaydi.
«Sening oldinga kelib: «Men kampaniya uchun ko‘proq narsa qilishni xohlagan bo‘lardim» deya aytgan kishilarni ovutish og‘ir edi... Shuning uchun hech kimni kechirmayman. Biroq, shunga umid qilamanki, bu ularga dars bo‘ladi hamda keyingi safar o‘z ovozlarini berishga tayyor bo‘lishadi», - dedi Klinton.
Avvalroq Klinton AQSh prezidentligiga o‘z nomzodini boshqa qo‘ymasligi ma'lum qilingandi.
Mavzuga oid
22:54 / 27.04.2026
Aroqchi Putinga AQSh bilan muzokaralarga nima to‘sqinlik qilayotganini aytdi
08:51 / 27.04.2026
Tramp: eronliklar gaplashishni istasa, oldimizga kelishi yoki qo‘ng‘iroq qilishi mumkin
11:09 / 26.04.2026
Yaqin Sharqda yadroviy muvozanat | “Geosiyosat”
10:40 / 26.04.2026