Jahon | 14:54 / 15.09.2017
3948
1 daqiqa o‘qiladi

Qatar amiri Germaniya va Fransiya yetakchilari bilan muzokaralar o‘tkazadi

Foto: Twitter/MofaQatar_EN

Qatar amiri Tamim bin Hamad al-Taniy Fors ko‘rfazi mintaqasida diplomatik inqiroz boshlanganidan so‘ng ilk bor Germaniyaga tashrif bilan keladi.

Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, Qatar amiri Berlinda GFR kansleri Angela Merkel bilan uchrashish niyatida.

Shundan so‘ng u Parijga yo‘l olib, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan muzokaralar o‘tkazadi.

Avvalroq Qatar amiri Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasini Fors ko‘rfazidagi inqirozga yechim topish uchun muloqotni yo‘lga qo‘yishga chaqirgani xabar berilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid