Qatar amiri Tamim bin Hamad al-Taniy Saudiya Arabistoni valiahd şahzodasi bilan telefon muloqoti davomida uni Fors körfazidagi inqirozga yeçim topiş uçun muloqotni yölga qöyişga çaqirdi. Bu haqda Saudiyaning SPA agentligi xabar bergan.

Al-Taniyning ta'kidlaşiça, barça tomonlar manfaatlari hisobga olingan holda inqirozga yeçim topiş juda muhimdir.

Öz navbatida, Saudiya Arabistoni valiahd şahzodasi yakuniy qaror haqida boşqa tomonlar – BAA, Misr va Bahrayn bilan kelişuvga erişilgaç, xabardor etişini ta'kidlab ötdi.

Telefon muloqoti AQŞ prezidenti Donald Trampning taşabbusi bilan ötkazilgan, deb xabar qiladi Qatarning QNA agentligi.

Avvalroq Saudiya Arabistoni Qatar bilan muloqotdan boş tortgani xabar berilgandi.