Kuvayt KXDR elchisidan mamlakatni tark etishni talab qildi
Kuvayt Shimoliy Koreya elchisidan amirlikni tark etishni talab qildi. Bunga Pxenyanning yangi raketani ishga tushirgani sabab bo‘lgan. "Al-Anbaa" gazetasi mamlakat TIVdagi manbasiga asoslanib, shu haqida xabar berdi.
Juma kuni Shimoliy Koreya navbatdagi raketa sinovini amalga oshirdi. KXDR raketasi Yaponiya hududidan o‘tib, Erimodan Xokkaydogacha bo‘lgan masofaning 2,2 minginchi kilometrida tushgan. Raketa parvozining uzunligi - 3,7 ming kilometrni, balandligi esa - 800 kilometrni tashkil qildi.
Manbaga ko‘ra, Kuvayt BMT Xavfsizlik Kengashining 2123-rezolyutsiyasiga muvofiq, KXDRning oltinchi raketa sinoviga javoban Shimoliy Koreyaning amirlikdagi diplomatik vakolatxonalari darajasini kamaytirish to‘g‘risida qaror qabul qilgan va faqat dipmissiya rahbari vazifasini bajaruvchi hamda yana uch diplomatni mamlakatda qoldirgan.
BMT Xavfsizlik Kengashi avgust va sentabr oylarida KXDRga qarshi sanksiyalarni kuchaytiruvchi rezolyutsiyalarni qabul qilgan. Bu rezolyutsiyalar KXDRda davom etib kelayotgan raketa va yadroviy sinovlarga javob hisoblanadi.
Kuvayt TIVdagi manbalarning ta'kidlashicha, KXDR elchixonasi diplomatlar sonining to‘rt kishigacha qisqarishidan xabardor qilingan. Shimoliy Koreya elchisi sentabr oyining oxiriga qadar qator diplomatlar bilan mamlakatni tark etishini tasdiqlagan.
Mavzuga oid
08:40 / 15.10.2024
Putin Dumaga KXDR bilan harbiy hamkorlik to‘g‘risidagi qonun loyihasini kiritdi
22:41 / 13.10.2024
Kim Chen Inning singlisi Janubiy Koreyani «dahshatli halokat»dan ogohlantirdi
21:18 / 11.10.2024
Janubiy Koreya yetti yil ichida ilk bor Taurus raketalaridan foydalangan holda mashg‘ulot o‘tkazdi
18:21 / 11.10.2024