Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp Qatarga talab qo‘ydi
AQSh prezidenti Donald Tramp Qatar amiri Tamim Al Taniy bilan uchrashuvda Qatar terrorizmni moliyalashtirish bilan kurashda qo‘shimcha qadamlar qo‘yishi kerakligini talab qildi.
"Prezident Qatar AQSh va ushbu davlatning terrorizmga qarshi hamkorlik bo‘yicha o‘zaro anglashuv to‘g‘risidagi ikki tomonlama memorandumni amalga oshirishda ancha yaxshi natijalarga erishganini tan oldi hamda Ar-Riyoddagi sammit (arab davlatlari va AQSh) majburiyatlariga mos kelish uchun qo‘shimcha qadamlar qo‘yilishi lozimligini ta'kidlab o‘tdi. Bu terrorchilar uchun moliyalashtirishni to‘sib qo‘yish, ekstremistik mafkuraga qarshi turish va terrorchilik guruhlarini tor-mor keltirish uchun kerak", - deyiladi Oq uy bayonotida.
Shuningdek, uchrashuvda Qatarning arab davlatlari bilan ziddiyati va “mintaqada AQSh sheriklari o‘rtasida birdamlikni tiklash” masalasi muhokama qilingan. Bundan tashqari, yetakchilar o‘zaro sarmoyalar va ikki tomonlama hamkorlikni tilga olib o‘tishgan.
Mavzuga oid
11:49
JChda 14-kun. Neymar maydonga qaytdi, Koreya yutqazib qo‘ydi
21:57 / 22.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Qatar amiriga gaz majmuasidagi fojia yuzasidan ta’ziya yo‘lladi
18:11 / 20.06.2026
Tramp Qatar sovg‘a qilgan 400 mln dollarlik yangi samolyotni namoyish qildi
16:40 / 12.06.2026