Iqtisodiyot | 09:27 / 28.09.2017
6432
2 daqiqa o‘qiladi

Yevrokomissiya shved avtomobilsozlik kompaniyasiga 880 million yevrolik jarima soldi

Foto: Scania

Shvetsiyaning Scania avtomobilsozlik kompaniyasi 880 mln yevrodan ko‘proq summaga jazolandi. Bunday qarorni kompaniya Yevropa Ittifoqining monopoliyaga qarshi sanksiyalarini buzganligi haqidagi xulosaga kelib, Yevrokomissiya qabul qildi.

Yevrokomissiyaning saytida ma'lum qilinishicha, yuk mashinalari ishlab chiqaruvchi Scania 1997 yildan 2011 yilgacha 14 yil davomida yana beshta yuk mashinasi ishlab chiqaruvchi kompaniyalari bilan til biriktirishda ishtirok etgan. Bu kompaniyalar narxlar va zararli chiqindilarni kamaytirishga zarur bo‘lgan yangi texnologiyalar bo‘yicha kelishib olishgan.

Ushbu kelishuvda MAN, DAF, Daimler, Iveco va Volvo/Renault kompaniyalari ham qatnashgan. 2016 yil iyulida bu kompaniyalar tergov bilan hamkorlik qilishga rozi bo‘lishgan, biroq Scania bunday qilishdan bosh tortgandi.

Yevrokomissiyada ta'kidlanishicha, Scania va qolgan 5 kompaniya Yevropada sotiluvchi 10 ta o‘rta va og‘ir turdagi yuk mashinasidan 9 tasini ishlab chiqaradilar. Bu yuk mashinalari Yevropa iqtisodiyotida juda muhim rol o‘ynaydi, deb ta'kidlandi Bryusselda. 

Mavzuga oid