Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy ketidan Janubiy Koreya ham ICO’ni taqiqladi
Janubiy Koreyaning moliyaviy xizmatlar bo‘yicha komissiyasi tokenlarni (ICO — initial coin offering) joylashtirishning barcha shakllari taqiqlangani haqida e'lon qildi, deb xabar bermoqda CNBC. Janubiy Koreya idorasining fikricha, ICO orqali pul mablag‘larini jalb qilish moliyaviy firibgarlik xavfini oshiradi. Shuning uchun tokenlarni joylashtirishning barcha turlari taqiqlanadi. Idora, shuningdek, yangi kriptovalyutalarni chiqarishda ishtirok etayotgan barcha moliya tashkilotlari va shaxslarga jarima qo‘llanilishini e'lon qildi, hamda kriptovalyutalar savdosini nazorat qilishni kuchaytirish kerakligini ta'kidladi.
Avvalroq, 4 sentabr kuni Xitoy Xalq banki ICO taqiqlanganligini e'lon qildi hamda kriptovalyutalar tokenlarining dastlabki joylashtirilishini noqonuniy amaliyot, deb atadi. Idora barcha ICO’lar tomonidan olib borilgan ishni darhol to‘xtatib qo‘ydi va kelajakda joylashtirishni amalga oshiradiganlarni jazolashga va'da berdi.
Initial Soin Offering - mahsulotni (xizmatni) ishlab chiqish va bozorga chiqarish maqsadida loyihalar yoki kompaniyalar uchun moliyalashtirishni jalb qilish mexanizmidir. Investitsiyalarni jalb qilish kriptovalyutada (bitkoin, efir, laytkoin va boshqalar) amalga oshiriladi. IPO’dan (aksiyalarni ommaviy tarzda joylashtirish) farqli o‘laroq, tokenlarni joylashtirish tartibga solinmaydi: uni amalga oshirish uchun deyarli moliyaviy investitsiyalar talab qilinmaydi, emitent, auditorlik va IPO’ga tegishli jarayonlarga minimal talablar yo‘q.
2017 yilda ICO orqali 1 milliard dollardan ortiq mablag‘ jalb etilgan. Bu haqda kriptovalyuta to‘g‘risidagi Forklog sohaviy nashri The Wall Street Journal’ga asosan xabar bergandi. Shu bilan birga, Smith+Crown agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, ICO uchun faqatgina 102 million dollar jalb etilgan. Bugungi kunda Filecoin (ma'lumotlarni saqlash uchun markaziy bo‘lmagan tarmoqni ishlab chiqish) loyihasi tokenlarining joylashtirilishi eng yirik ICO bo‘lib, uning davomida 2017 yil avgust oyida 257 million dollar jalb etilgan.
Mavzuga oid
13:32 / 14.05.2026
Koreyaga ishga yuborishdagi yirik sxema: Kun.uz bu haqda uch yil oldin bong urgan edi
19:26 / 06.05.2026
Janubiy Koreyaning sobiq birinchi xonimiga nisbatan hukmni og‘irlashtirgan sudya o‘lik holda topildi
16:10 / 27.04.2026
Janubiy Koreya O‘zbekistonda AT ta’limi uchun 14 mln dollar grant ajratadi
22:00 / 17.04.2026