Jahon | 21:40 / 06.10.2017
6467
2 daqiqa o‘qiladi

Bangladesh chegaralarida 100 minggacha musulmon to‘planib qolgan

Foto:aa.com.tr

Myanma va Bangladesh chegarasida yuz ming rohingya musulmonlari to‘planib qoldi. Bu haqda  Xalqaro migratsiya tashkiloti (IOM) vakili Joel Millman Jyenevadagi matbuot anjumanida ma'lum qilgan. Bu haqda Anadolu agentligi yozmoqda. 
 
Uning so‘zlariga ko‘ra, 100 mingga yaqin rohingya musulmonlari Myanmaning Arakan viloyati  Butxidaung shahrida to‘plangan. Ular Bangladeshning Koks-Bozoriga o‘tish uchun ruxsatni kutmoqda. 

Millatchi buddalar zulmidan Bangladeshga qochgan musulmon rohingyalar soni, IOM vakilining aytishicha, 515 mingga yetgan.

IOM vakilining kuzatuvlarga asoslagan holda aytishicha, kuniga 2 mingga yaqin qochqin Myanma-Bangladesh chegarasini kesib o‘tadi. 

«Xalqaro migratsiya bo‘yicha tashkiloti jahon hamjamiyatidan Arakan qochqinlariga ko‘mak berish maqsadida 120 mln dollar mablag‘ so‘ragan. Bu mablag‘lar 450 ming qochqinni yarim yil mobaynida barcha zaruriy narsalar bilan ta'minlashga yetadi», - degan Millman.

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid