Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kataloniya rahbari mustaqillik deklaratsiyasini imzoladi
Kataloniya hukumati raisi Karles Puchdemon, uning o‘rinbosari Oriol Junkeras hamda parlament spikeri Karme Forkadel muxtoriyatning mustaqilligi deklaratsiyasi ostiga imzo qo‘yishdi. Bu marosimni 24 Horas telekanali jonli tarzda namoyish qildi.
Hujjatni mustaqillikni qo‘llab-quvvatlovchi partiyalar – "Ha uchun birga" va "Xalq birdamligi nomzodi" deputatlari ham imzolashdi.
Avvalroq Puchdemon parlamentdagi nutqida 1 oktabrda o‘tkazilgan referendum natijalari mustaqil davlat tuzilishini e'lon qilish huquqini berishini, biroq parlamentga Madrid bilan muloqot boshlash uchun mustaqillikni e'lon qilishni to‘xtatib turishni taklif qilgandi.
Ispaniya hukumati referendum natijalarini tan olmayapti. Kataloniya hukumati ma'lumotlariga ko‘ra, referendumda davomat 43,03 foizni tashkil qilgan va ovoz beruvchilarning 90,18 foizi mustaqillikni qo‘llab-quvvatlaganlar.
Mavzuga oid
11:26 / 27.06.2025
Kataloniya separatistlari uchun amnistiya to‘g‘risidagi qonun o‘z kuchida qoldi
15:10 / 10.08.2024
Kataloniya separatistlari yetakchisi Puchdemon Ispaniyani tark etdi
11:03 / 09.08.2024
Kataloniya separatistlari yetakchisi Puchdemon Ispaniyaga qaytdi
07:10 / 09.08.2024