Jamiyat | 19:05 / 17.10.2017
11458
2 daqiqa o‘qiladi

Yoshlar yetakchilari uchun ilk marotaba innovatsion seminar-treninglar tashkil etildi

Xalq ta'limi vazirligi tashabbusi bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda Toshkent Xalqaro Vestminster universiteti hamkorligida yoshlar yetakchilari uchun ilk marotaba innovatsion seminar treninglar tashkil etildi. 

16 oktabr kuni respublikaning barcha hududlaridan kelgan 28 nafar yoshlar yetakchisi uchun ilk seminarlar bo‘lib o‘tdi. 

Loyihani O‘zbekiston Respublikasi xalq ta'limi vaziri o‘rinbosari Alisher Sa'dullayev ochib berdi. Shundan so‘ng loyiha koordinatorlari kutilayotgan loyihalar, maqsad va rejalar haqida yetakchilarga tqdimot o‘tkazdilar. 

Seminarlarni malakali, xalqaro toifadagi trenerlar olib bordilar. Kunning birinchi yarmida yetakchilarda auditoriya bilan ishlash bilim-ko‘nikmalarini, trenerlik qobiliyatlarini shakllantirishga qaratilgan   maxsus seminar o‘tkazildi. Seminarni O‘zbekistondagi xalqaro tashkilotlar tomonidan amalga oshirilgan loyiha va dasturlarida trener sifatida ishlash buyicha 17 yillik tajribaga ega, BMTning Aholishunoslik jamg‘armasining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha loyihalar treneri, turli auditoriyalar  bilan ishlash, zamonaviy ta'lim texnologiyalari buyicha katta mutaxassis Venera Ermetova olib bordi. Trening davomida turli interaktiv o‘yinlar o‘tkazildi va yetakchilarda o‘quvchi yoshlarni samarali boshqarishga oid amaliy tavsiyalar berildi.

Kunning ikkinchi yarmida esa Nestle Uzbekistan kompaniyasining jamoatchilik bilan aloqalar va korporativ savollar bo‘yicha menedjyeri, iqtisodchi. FMCG (fast moving consumer good) sohasida katta tajribaga ega, kommunikatsiyalar  bo‘yicha mutaxassis Nigora Oqilova muloqot va kommunikatsiyalar bo‘yicha maxsus seminar-trening o‘tkazdi. 

Mavzuga oid