Pop - Namangan - Andijon temir yo‘li 4 yil ichida to‘liq elektrlashtiriladi

Foto: Fotolia
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Osiyo taraqqiyot banki ishtirokida Pop-Namangan-Andijon temir yo‘l liniyasini elektrlashtirish» loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.
2017 yil 20 aprelda Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Direktorlar kengashi Osiyo taraqqiyot bankining oddiy kapital mablag‘lari hisobidan «Pop - Namangan - Andijon temir yo‘l liniyasini elektrlashtirish» loyihasini amalga oshirish uchun O‘zbekistonga 80 mln. AQSh dollarini besh yillik imtiyozli davrni o‘z ichiga olgan holda, 25 yil ichida qoplash muddati bilan taqdim etishni ma'qulladi.
Loyiha besh yil ichida (2017 - 2021 yillar) amalga oshiriladi. O‘zbekistonning loyihani amalga oshirishga qo‘shgan hissasi 122,03 mln. dollarga teng, shu jumladan 38,72 mln. dollar soliq va bojxona imtiyozlarini taqdim etish shaklida, shuningdek «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning 72,09 mln. dollar va «O‘zbekenergo» AJning 11,22 mln. dollarlik o‘z mablag‘lari hisobidan.
Loyiha O‘zbekistonning qariyb uchdan bir qismi yashovchi Farg‘ona vodiysidagi asosiy shaharlarni Toshkent bilan bog‘lab, yuk va yo‘lovchi temir yo‘l xizmatlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri va samarali faoliyat ko‘rsatishiga ko‘mak beradi. Loyiha transport aloqasini yaxshilashga yordam beradi va Farg‘ona vodiysida ish o‘rinlarini tashkil etish hamda o‘sishiga hissa qo‘shadi. Loyiha, shuningdek, Markaziy Osiyo mintaqaviy iqtisodiy hamkorlik dasturining 2-Yo‘lagi bo‘ylab mintaqaviy savdoning o‘sishi hamda atrof-muhit va temir yo‘llar xavfsizligi ko‘rsatkichlarini yaxshilashga yordam beradi. Kutilishicha, loyihani amalga oshirish natijasida karbonat angidrid gazining yillik chiqarib tashlanishi miqdori 10 ming tonnaga kamayadi.
Kreditni maqsadli va samarali ishlatish hamda loyihani amalga oshirish uchun mas'ul bo‘lgan ijro etuvchi organ «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJdir.
OTB kreditining qaytarilishi bilan bog‘liq xarajatlar, shuningdek, foizlar, komissiyalar va OTB krediti bo‘yicha boshqa xarajatlar to‘lovi «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJning o‘z mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Loyiha doirasida tashqi elektr ta'minoti obektlarini loyihalashtirish va qurish «O‘zbekenergo» AJ mablag‘lari hisobidan amalga oshirilmoqda.
«O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ loyiha doirasida OTB krediti va «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ o‘z mablag‘lari hisobidan xarid qilingan materiallar va tashqi elektr ta'minoti uskunalarini «O‘zbekenergo» AJga bepul asosda beradi, deyiladi prezident qarorida.
O‘zbekiston rahbari «Pop - Namangan - Andijon temir yo‘l liniyasini elektrlashtirish» loyihasining texnik-iqtisodiy asosini tasdiqladi.
Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ va «O‘zbekenergo» AJga 2018 yil 1 apreliga qadar Pop - Namangan - Andijon temir yo‘li liniyasini elektrlashtirish va tashqi elektr ta'minoti obektlarini, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtning o‘zida qurishga istisno tariqasida ruxsat berdi.
Shuningdek, tender savdolarini o‘tkazmasdan ishlab chiqarish korxonalari yoki ularning rasmiy dilerlari (distribyutorlari) bilan eng yaxshi taklifni tanlash asosida uskunalar va materiallar, ehtiyot qismlarni yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzishga ruxsat berildi.
Davlat rahbari ushbu loyiha doirasida 2020 yil 1 yanvargacha soliq va bojxona imtiyozlarini taqdim etdi.
Tavsiya etamiz
«Credit House» ishi: Minglab odamlar uysiz va pulsiz qolyapti
O‘zbekiston | 12:30
«Quvur operatsiyasi»: ruslar uni «urushdagi burilish nuqtasi» deyishmoqda
Jahon | 23:40 / 11.03.2025
Amaldorlar “mahalliy” xizmat avtomobillariga o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston | 16:34 / 11.03.2025
Firibgarlar o‘g‘irlagan pullarni qaytarib bo‘lmaydimi?
O‘zbekiston | 15:27 / 11.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Yevroparlamentda Huaweiʼga aloqador korrupsiya ishi sabab tintuv va hibsga olishlar bo‘lib o‘tdi
Jahon | 22:55
-
JSST: Qizamiq qaytdi va bu tashvishli signal
Jahon | 22:14
-
AQSh harbiylari Xitoyga qurollar haqidagi maxfiy ma’lumotlarni sotgani ma’lum bo‘ldi
Jahon | 22:06
-
“Bolalarni qo‘rqoq qilib qo‘ymasligimiz kerak” - bog‘chadagi zo‘ravonliklar haqida suhbat
Jamiyat | 21:51
Mavzuga oid

20:13
Andijonda 26 yoshli yigitni poyezd urib ketdi

08:40 / 12.03.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi

09:51 / 09.03.2025
Uchta viloyatda “valyutchiklar” ushlandi

17:59 / 06.03.2025