Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Madaniyat vazirligi Sharof Rashidovga shaxsan tegishli bo‘lgan buyumlarni xarid qiladi
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Sharof Rashidovga shaxsan tegishli bo‘lgan buyumlarni xarid qilishi haqida ma'lum qildi. Bu haqda vazirlik saytida xabar berilgan.
Qayd etilishicha, bu “Sharof Rashidov” nomli muzeyni yanada boyitish uchun amalga oshiriladi.
“O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 2017 yil 27 martdagi “Atoqli davlat arbobi va yozuvchi Sharof Rashidov tavalludining 100 yilligini nishonlash to‘g‘risida”gi PQ-2854-son Qarori ijrosini ta'minlash maqsadida Sharof Rashidovning yorqin xotirasini ulug‘lash va ochilishi rejalashtirilgan “Sharof Rashidov” nomli muzeyini yanada boyitish uchun Atoqli davlat arbobining shaxsan o‘ziga tegishli bo‘lgan foto, sovg‘a tariqasida hadya qilingan buyumlar, dastxatlari tushirilgan kitoblar va boshqa vositalarni O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan xarid qilinishi e'lon qilinadi”, - deyiladi vazirlik saytidagi xabarda.
Sentyabr oyi oxirlarida SamDUda Sharof Rashidovga yodgorlik o‘rnatilgandi.
Mavzuga oid
18:28 / 11.06.2026
Madaniyatga tikilgan pullar, san’atkordan vazirlikka, internet madaniyatchilari – vazir Nazarbekov bilan suhbat
15:09 / 01.06.2026
Spektakl uchun sotilgan har bir chiptaga qo‘shimcha gonorar to‘lanadi
15:07 / 01.06.2026
Prezident: Adabiyot va san’at sohasini qo‘llab-quvvatlashning yangi bosqichi boshlanadi
13:05 / 01.06.2026