Atoqli davlat arbobi, yozuvçi Şarof Raşidov 1937–1941 yillarda Samarqandda Özbek davlat universiteti (hozirgi Samarqand davlat universiteti)ning filologiya fakultetida tahsil olgan. Talabaligidayoq universitet hayotida faol iştirok etgan Şarof Raşidov filologiya fakulteti qoşidagi adabiy tögarakning iste'dodli a'zolaridan biri bölgan.
Şarof Raşidov keyinçalik viloyat, respublika idoralarida rahbarlik lavozimlarida işlagan paytlarida ham qadrdon universitetiga tez-tez kelib turgan. Ustozlari, döstlarini yöqlagan, ularga hurmat-ehtirom körsatgan.
Samarqand davlat universitetida taşkil etilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirda xalqimizning sevimli farzandi ana şunday xotiralar bilan yodga olindi. Tadbir avvalida universitetning Şarof Raşidov tahsil olgan boş binosi peştoqiga örnatilgan yodgorlik lavhasi oçildi, deb xabar beradi Samarqand viloyat hokimligi rasmiy sayti.

Viloyat jamoatçiligi vakillari, poytaxtimiz va Jizzax viloyatidan kelgan mehmonlar, şoir va yozuvçilar iştirok etgan tadbirda Prezidentimizning 2017 yil 27 martdagi «Atoqli davlat arbobi va yozuvçi Şarof Raşidov tavalludining 100 yilligini nişonlaş töğrisida»gi qaroriga köra yurtimizda uşbu sana munosabati bilan keng kölamli ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar ötkazilayotgani ta'kidlandi.
Viloyat hokimining örinbosari A.Umarov, Samarqand davlat universiteti rektori R.Xolmurodov, professorlar M.Jöraqulov, H.Umurov, «Jizzax ovozi» gazetasi boş muharriri A.Inomov va boşqalar Şarof Raşidovning ibratli hayot yöli va serqirra ijodi, Samarqandga mehri tufayli bu yerda amalga oşirgan bunyodkorlik işlari, universitet bilan aloqasi haqida söz yuritdi.
— Samarqandda Şarof Raşidov bormagan, bu insonning e'tibori bilan obod etilmagan mahalla, qişloq yöq, desak, mubolağa bölmaydi, — deydi «Nuroniy» jamğarmasi Samarqand viloyati bölimi raisi H.Normurodov. — Ayniqsa, u kişi olis qişloqlarda aholi uçun munosib turmuş şaroiti yaratiş, odamlarning oğirini yengil qilişga alohida e'tibor qaratgan. Viloyatimizdagi köplab çekka qişloqlarda u kişining taşabbusi bilan zamonaviy turarjoylar, ta'lim va tibbiyot muassasalari bunyod etilgan.
Tadbirda Şarof Raşidovning qizi, Özbekiston Fanlar akademiyasi qoşidagi polimerlar kimyosi va fizikasi instituti direktori, akademik Sayyora Raşidova xalqimizning asl farzandi xotirasini abadiylaştiriş böyiça amalga oşirilayotgan keng kölamli işlarning boşida turgan Prezidentimizga minnatdorçilik bildirdi.









