O‘zbekiston | 13:23 / 21.10.2017
55307
2 daqiqa o‘qiladi

"Asaka" bankining sobiq rahbari vazir o‘rinbosari etib tayinlandi

Foto: KUN.UZ

Maktabgacha ta'lim vaziriga ikki nafar yangi o‘rinbosar tayinlandi. O‘zbekiston Respublikasi prezidenti 2017 yil 19 oktabr kuni bu haqdagi qarorni imzolagan. Bu haqda KUN.UZ manbasi xabar berdi. 

Hujjatga ko‘ra, Aripov Kahramon Tursunovich maktabgacha ta'lim vaziriga o‘rinbosar etib tayinlandi. Qahramon Aripov “Asaka” banki boshqaruvi raisi bo‘lib ishlagan. 2016 yil fevral oyi o‘rtalarida valyuta jinoyatlarida ayblanib hibsga olingandi. 20 aprel kuni esa 49 yoshli Aripov ozodlikka chiqarilgan.

Shuningdek, Yo‘ldosheva Gulchehra Jo‘rayevna ham vazir o‘rinbosari lavozimini egalladi.

Eslatib o‘tamiz, 20 oktabr kuni Toshkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji direktori, senator Agrepina Shin yangi tashkil etilgan Maktabgacha ta'lim vazirligining rahbari etib tayinlandi. Shu vaqtgacha Xalq ta'limi vazirining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgan Sobitxon Turg‘unov esa yangi vazirga o‘rinbosar etib o‘tkazildi.

Mavzuga oid