Maktabgaça ta'lim vaziriga ikki nafar yangi örinbosar tayinlandi. Özbekiston Respublikasi prezidenti 2017 yil 19 oktabr kuni bu haqdagi qarorni imzolagan. Bu haqda KUN.UZ manbasi xabar berdi. 

Hujjatga köra, Aripov Kahramon Tursunoviç maktabgaça ta'lim vaziriga örinbosar etib tayinlandi. Qahramon Aripov “Asaka” banki boşqaruvi raisi bölib işlagan. 2016 yil fevral oyi örtalarida valyuta jinoyatlarida ayblanib hibsga olingandi. 20 aprel kuni esa 49 yoşli Aripov ozodlikka çiqarilgan.

Şuningdek, Yöldoşeva Gulçehra Jörayevna ham vazir örinbosari lavozimini egalladi.

Eslatib ötamiz, 20 oktabr kuni Toşkent axborot texnologiyalari kasb-hunar kolleji direktori, senator Agrepina Şin yangi taşkil etilgan Maktabgaça ta'lim vazirligining rahbari etib tayinlandi. Şu vaqtgaça Xalq ta'limi vazirining birinçi örinbosari sifatida işlab kelayotgan Sobitxon Turğunov esa yangi vazirga örinbosar etib ötkazildi.